2023-yilda PHP ni o'rgansa bo'ladimi ?

Saqlab olindi !

2023-yilda PHP ni o'rgansa bo'ladimi ?

PHP 1995 yilda ixtiro qilingan va o'sha vaqtda hali to'liq dasturlash tili emas edi. U Daniyalik dasturchining shaxsiy sahifasi uchun skriptlar to'plami edi, ammo oxir-oqibat loyiha o'zining sintaksisini, qo'shimcha modullarni qo'llab-quvvatlashini va dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biriga aylandi. . . ⠀


Har qanday dasturlash tili kabi, PHP atrofida ko'plab afsonalar mavjud. Eng muhim stereotip - PHP o'lik va endi kerakli til emas degan stereotiplar . Keling, nima uchun bunday emasligini ko'rib chiqaylik.⠀


PHP barqaror rivojlanmoqda, u orqali saytlar yozilishda davom etmoqda. Umuman olganda, PHP odatdagi dasturlash tili kabi ishlaydi va o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega til hisoblanadi. Umuman olganda bugungi kundagi odatiy tillar qatoridagi oddiy bir til. ⠀


PHP ning afzalligi uning barqarorligidir. Ko'p yillar davomida u TIOBE reytingiga ko'ra eng yaxshi 10 ta dasturlash tillari qatoridan joy oldi va 2 yil ketma-ket 8-o'rinni egallab keldi. TIOBE Internetdagi qidiruv so'rovlari bo'yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi. ⠀


W3tech ma'lumotlariga ko'ra, dunyo veb-saytlarning 79% PHPda ishlab chiqilgan. Natijada, PHP ni qayta yozish qiyin, yangilash va bugungi kun talabi uchun rivojlantirish mushkul ish hisoblanadi chunki u ko‘pchilik veb-resurslarning asosini tashkil etadi va ko‘pgina saytlar PHP o‘zgarganda moslashish uchun juda ko'p vaqt talab qilish xavfi mavjud. ⠀


Ko'pgina yirik saytlarning kodlarida PHP mavjud. Masalan, VKontakte, Facebook, Wordpress va boshqalar. 


Oxirgi yillarda bunday yirik saytlar kutilganidek nisbatan WEB uchun mos va rivojlangan tillardan foydalanmoqda. Lekin avvaldagi kodlarida PHP bor va u hozir ham ishlamoqda. ⠀


PHP-da yozilgan juda ko'p saytlar tayyor echimlar va ramkalar dasturchi uchun yaxshi baza beradi. Bundan tashqari, ularning soni yil sayin ortib bormoqda. Bu o'smirlar uchun juda muhim, chunki dastlabki bosqichda hech qanday ish beruvchi sizga qiyin vazifalarni bermaydi. Umuman olganda, tayyor yechimlar va misollar ustida ishlash orqali til mantiqini o‘rganish va tushunish har doim osonroq bo'lgan.⠀


Mish-mishlarga va stereotiplarga ishonmang, balki tendentsiyalarga rioya qiling va statistikani tekshiring. Veb-ishlab chiqish jadal rivojlanmoqda va yaxshi mutaxassis bo'lish uchun siz eng yangi bilimlarga ega bo'lishingiz kerak.


Reytinglarga ko'ra PHP ancha vaqtdan beri o'zini o'rnini Javascript, Python kabi magnat dasturlash tillariga boy bergan. Shu sababli yangi yilda bu tilga nisbatan sizda qiziqish bo'lsa ham reytinglar va solishtiruvlar natijalarini tekshirgan holda o'zingiz va tanlagan yo'nalishingiz uchun mos til tanlang.

+5

👍

+3

❤

+2

😎

+5

💥

+12

👽

+2

😐

+10

👎

Maqola teglari

Dasturlash Back-End Dastur Algoritm Dasturlash tili Boshlovchilar uchun
Abdurahmon Rashidov Back-End 355
Facebook Telegram

Bu haftada ko'p o'qildi

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

54190 1329
Kesh xotira nima va uning vazifalari

Kesh xotira nima va uning vazifalari

7119 525
Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

6637 165

Mavzuga oid

Django LTS 4.2 versiyasi: o'zgarishlar va yangilanishlar haqida o'qiysiz.

Django LTS 4.2 versiyasi: o'zgarishlar va yangilanishlar haqida o'qiysiz.

756 104
Relyatsion ma'lumotlar bazasi va DBMS nima

Relyatsion ma'lumotlar bazasi va DBMS nima

1314 29
Top 5 ta Django veb-saytlari

Top 5 ta Django veb-saytlari

1486 143