Dasturlashni qanchada o'rganish mumkin ? Gaplashamiz.

Saqlab olindi !

Dasturlashni qanchada o'rganish mumkin ? Gaplashamiz.

Men mashetta bitta narsa yozgim keldi , instagram orqali asosiy kuzatuvchilarim bo'lgani bilan facebook da ham anchagina bor ekan.


Facebook orqali ham berilaverib siyqasi chiqgan savollar kelib qolyapti. Shu sabab bu yerdan ham bir ikki gapirib o'tgim kepqoldi..


Agar notori bo'sa kechirib qo'ymaselayam mayli , bu meni fikrlarim nmo'sa.


Dasturchi bo'ling, 3 oyda , 4 oyda, 8 oyda degan gaplarga uchib, boshlashga boshlab olib tuzu-quru shug'illanmasdan "Ee , yedirishipti.." diydigan bolla ko'payib ketyapti.


Mendan aksariyat shunaqalar "Aka , o'zi dasturlashni qana qip o'rgansa bo'ladi ? Nima qilishim kerak ?" deb so'rashyapti.


Ishoning, retsept yo'q. Hamma uchun buni muddati har-hil. Aniq bir vaqt berish g'alati. Chunki bu narsa intelekt masalasi. Kimdadur u yetarlicha kimdadur esa kamroq. Kimdadur normal lekin "chastota" past. Buni qolipi yo'q akalar. Lekin tartiblasa bo'ladi.


Masalan men dasturlashni o'rgatishdagi shaxsiy tajribamdan kelib chiqib (~5 yil) , o'rganish uchun muddatni 1.5 yil deb hisoblayman + bunga kamida 6 oy real amaliyot qo'shiladi. Biror bir dasturlash tilini "Bilaman !" deyish uchun meni o'lchovim shu tilda 1 yildan oshiq o'qish , izlanish va loyihalar qilish, kamida 400-600 sahifalik shu tilga oid 5 ta kitob o'qish. Keyin 6 oy amaliyot qilish. Shundan keyin bilaman deng yarashadi. Pre-junior pozitsiyasiga tayyorlanib strong junior mavzularigacha o'qishni maslahat beraman.


Huddi shu ishlarga sabringiz yetsa sutkasiga kamida 5 soatdan shug'illanishga o'zingizda iroda his etsangiz bu sohaga kiring.

Bo'lmasa balki sizdan yaxshi duradgor chiqar ? Nonvoy , shaxmatchi , boksyor yoki futbolchi. Umuman boshqa sohada sizning qobilyatlaringiz va 100 % lik potensialingiz bordur.


Shaxsiy fikrlar edi... Xulosa o'zingizdan.

+8

👍

+10

❤

+1

😎

+0

💥

+1

👽

+0

😐

+1

👎

Maqola teglari

Dasturlash Algoritm Choy ustida Boshqa Foydali Dasturlash tili Boshlovchilar uchun
Abdurahmon Rashidov Dasturlash 319
Facebook Telegram

Bu haftada ko'p o'qildi

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

58029 1343
Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

8553 182
Kesh xotira nima va uning vazifalari

Kesh xotira nima va uning vazifalari

7337 525

Mavzuga oid

📊 2026 yilda Data Analitika kasbi O‘zbekistonda qanchalik muhim?

📊 2026 yilda Data Analitika kasbi O‘zbekistonda qanchalik muhim?

199 6
Dasturlash nima: Nonga chiqib kelish misolida tushuntiramiz.

Dasturlash nima: Nonga chiqib kelish misolida tushuntiramiz.

1082 57
Korporativ IT ierarxiyasi yoki junior , midl va senyor ular kimlar?

Korporativ IT ierarxiyasi yoki junior , midl va senyor ular kimlar?

449 37