Git — bu vaqt mashinasi. Siz yozgan kodning har bir versiyasini saqlaydi, xohlagan payt eski holatga qaytishingizga imkon beradi. GitHub esa shu tarixni internetda saqlaydi va boshqalar bilan ulashishni osonlashtiradi. Jamoada ishlayotgan bo'lsangiz, Git bilmaslik — kompyutersiz ishlamoqchi bo'lish bilan barobar.
Git va GitHub farqi
Soddalashtib aytganda: - Git — kompyuteringizda ishlaydi, kod tarixini saqlaydi - GitHub — internet sayt, Git'dagi tarixni bulutda saqlaydi
Git'siz ham GitHub bo'lmaydi, GitHub'siz ham Git ishlayveradi. Lekin ikkalasini birgalikda ishlatish — zamonaviy dasturlashning asosi.
O'rnatish va birinchi sozlash
# Git o'rnatilganini tekshirish
git --version
# Kim ekanligingizni Git'ga tanishtirish (bir marta bajariladi)
git config --global user.name "Ismingiz"
git config --global user.email "email@gmail.com"
Loyihani Git'ga ulash
# Yangi loyiha papkasiga kiring
cd loyiha-papkasi
# Git'ni ishga tushiring
git init
# Barcha fayllarni sahnaga qo'shing
git add .
# Birinchi commit qiling
git commit -m "Loyiha boshlandi"
commit — bu snapshot, ya'ni shu paytdagi kod holatining surati. Har bir commit'da qisqacha izoh yoziladi.
GitHub'ga yuklash
# GitHub'da repository yaratib, uning manzilini oling
git remote add origin https://github.com/username/loyiha.git
# Kodni GitHub'ga yuboring
git push -u origin main
Kundalik ish jarayoni
# Avval oxirgi o'zgarishlarni yuklab oling
git pull
# Kod yozing, keyin sahnaga qo'shing
git add .
# Commit qiling
git commit -m "Kirish sahifasi qo'shildi"
# GitHub'ga yuboring
git push
Ko'p uchraydigan xatolar
Xato 1: Commit qilmasdan push qilishga urinish.
# Bu xato beradi
git push # hech narsa commit qilinmagan
# To'g'risi
git add .
git commit -m "Xabar"
git push
Xato 2: Katta fayllarni (rasmlar, video) GitHub'ga yuklash. GitHub 100MB dan katta fayllarni qabul qilmaydi. .gitignore faylida bunday fayllarni ko'rsating.
Maslahat:
git statusbuyrug'ini ko'p ishlating — u hozir qaysi fayllar o'zgarganini, qaysilari commit'ga tayyor ekanini ko'rsatadi. Shoshmasdan avval holatni ko'ring, keyin harakat qiling.
+2
+0
+0
+0
+0
+0
+0