Git — zamonaviy dasturlashda majburiy vosita. Jamoada ishlayotganda Git bilmasangiz, hamkasblaringiz bilan kodni birlashtirish katta muammoga aylanadi.
Asosiy buyruqlar
git init
git add .
git commit -m "Birinchi commit"
git push origin main
git status orqali doim qaysi fayllar o'zgarganini tekshirib turing.
Branch nima uchun kerak
Branch — asosiy koddan ajralgan alohida "shoxcha". Yangi funksiya ustida ishlayotganda asosiy kodni buzmaslik uchun branch ochiladi.
git checkout -b yangi-funksiya
git push origin yangi-funksiya
Pull Request orqali ishlash
GitHub'da Pull Request (PR) ochib, kodingizni jamoa a'zolariga ko'rsatasiz. Ular kodni ko'rib chiqib, izoh qoldiradi yoki tasdiqlaydi.
- Har doim kichik va aniq commit'lar qiling
- Commit xabarlarini tushunarli yozing
- PR ochishdan oldin kodni o'zingiz qayta tekshiring
Maslahat:
git log --onelineorqali loyiha tarixini qisqa ko'rishingiz mumkin.
+1
+0
+0
+0
+0
+0
+0