SQL — ma'lumotlar bazasi bilan ishlash uchun asosiy til. Backend dasturchi bo'lishni xohlasangiz, SQL'ni yaxshi bilishingiz shart.
SELECT bilan ma'lumot olish
SELECT ism, yosh FROM foydalanuvchilar;
Bu buyruq foydalanuvchilar jadvalidan ism va yosh ustunlarini oladi.
WHERE bilan filtrlash
SELECT * FROM foydalanuvchilar
WHERE yosh > 18;
WHERE orqali faqat shartga mos qatorlarni tanlab olasiz.
JOIN bilan jadvallarni birlashtirish
Ko'pincha ma'lumot bir jadvalda emas, bir necha jadvalda saqlanadi. JOIN ularni birlashtirishga yordam beradi.
SELECT buyurtmalar.id, foydalanuvchilar.ism
FROM buyurtmalar
JOIN foydalanuvchilar ON buyurtmalar.user_id = foydalanuvchilar.id;
Maslahat:
JOINturlarini (INNER, LEFT, RIGHT) farqini tushunish uchun kichik misollar bilan mashq qiling — bu ko'p chalkashadigan mavzu.
+0
+0
+0
+0
+0
+0
+0