IT sohasini qanday qilib oson o‘rganish mumkin?

Saqlab olindi !

IT sohasini qanday qilib oson o‘rganish mumkin?

IT’dan umuman yiroqda bo‘lgan insonlar uchun sohaga kirib kelish va mutaxassis bo‘lish uchun tavsiyalar.


Aniq yo‘lni tanlang


Nima sababdan IT’ni tanlayotganingiz va haqiqatdan ham shu yo‘nalishda faoliyat olib borish niyatidamisiz, saytlar, dasturlar yaratishga qiziqasizmi? Shularni birinchi navbatda aniqlab oling. Tanlovingizga ko‘ra rejangizni ham tuzib chiqing.


Maqsad aniqlangach nimalarni o‘rganish talab etiladi?


Ingliz tili


Ishni til o‘rganishdan boshlashning bir qator afzalliklari mavjud. Bular, til sizga faqatgina IT uchun emas muloqot uchun ham kerak bo‘ladi, ma’lumot qidirib topishingizda ham asqatadi. Sababi bu yo‘nalishda ingliz tilida ma’lumotlarni oson topa olasiz. Shu bilan bir qatorda kodlarning barchasi aynan shu tilda ekanligi ham hech birimizga sir emas.


Til sizga nafaqat sohaga kirib kelishga, balki yangi muvaffaqiyatlarga ham eshiklarni keng ochib beradi.


Google’ni o‘rganing


Bu tildan keyingi o‘rinda o‘rganish talab etiladigan keyingi muhim asos. Ma’lumotlarni topishni, topilgan ma’lumotlarni filtrlashni va Google imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni o‘rganing.


Asosiy tushunchalarni o‘zlashtiring


Boshlanishiga bit va baytning farqini o‘rganing, informatikadagi asosiy tushunchalar nimalarni anglatishini bilib oling. Har bir uskuna nima vazifani bajarishi, nima deb nomlanishi haqida tushunchaga ega bo‘lishingiz kerak.


Ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlar


Asosiy tushunchalardan so‘ng siz qaysi dasturlash tilini o‘rganmoqchi ekanligingizni ham aniqlashtirib oling. Uning imkoniyatlari qanday ekanligini, sizning qiziqishlaringizga to‘g‘ri kelish kelmasligiga aniqlik kiritib, u haqida ma’lumotlarga ega bo‘ling.


Tilni o‘rgandingiz, boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz endi siz endi internetdagi sahifalardan o‘rganishni boshlashingiz mumkin. Yoki mustaqil o‘rganish siz uchun bo‘lmasa, kurslar orqali tanlagan dasturlash tilingizni o‘rganishni boshlay olasiz. Albatta kurs va platforma tanlashda diqqatli bo‘ling.


Aytishingiz mumkin agarda kurslar orqali o‘rgansam, yuqoridagilarni o‘rganish uchun nega vaqt sarflashim kerak? Bu sizning o‘rganish jarayoningizni tezlashtirishga xizmat qiladi.


Qanday qilib IT mutaxassisi bo‘lish mumkin?


Siz istalgan joyda va istalgan yoshingizda kasbingizni o‘zgartirishingizni va IT’ni tanlash ham hech kimga, hech qachon kech emasligini unutmang. Lekin bu biroz murakkab va vaqt talab qiladigan jarayon ekanligini ham yodingizda saqlang.


Manba : xabardor.uz

+18

👍

+3

❤

+0

😎

+0

💥

+0

👽

+2

😐

+2

👎

Maqola teglari

Choy ustida Boshqa Foydali Boshlovchilar uchun
Abdurahmon Rashidov Boshqa 1089
Facebook Telegram

Bu haftada ko'p o'qildi

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

54190 1329
Kesh xotira nima va uning vazifalari

Kesh xotira nima va uning vazifalari

7119 525
Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

6637 165

Mavzuga oid

IT-loyiha menejeri 2024 yilda nimalar qila olishi kerak?

IT-loyiha menejeri 2024 yilda nimalar qila olishi kerak?

177 20
2023-yilda TOP 7 ta onlayn kasblar

2023-yilda TOP 7 ta onlayn kasblar

550 35
Google: 10 ta qiziqarli fakt

Google: 10 ta qiziqarli fakt

1071 52