Statik va dinamik xotira qurilmalari

Saqlab olindi !

Statik va dinamik xotira qurilmalari

Dinamik operativ xotira (DRAM) xozirda ko`p sistremalar tomonidan ishlatiladi. Uning asosiy ustunligi shundan iborat ushbu turdagi xotiralarda xotira kataklari ancha zich joylashgandir. Bu narsa katta hajmdagi xotirani kichik mikrosxemaga o`rnatishga imkon beradi.  


DRAM xotira kataklari kondensatorlardan iborat bo`lib, zaryadlangan kondensatorlar 1 ga, zaryadlanmaganlari 0 ga mos keladi. Biroq bu turda ma`lumot saqlashning bir kamchiligi bor. Gap shunadaki, kondensatorlar tez o`z zaryadini yo`qotadi va shu tufayli ulardagi ma`lumot yo`qolmasligi uchun ularni tez-tez qayta zaryadlab turish lozim. Bu xolat regeneratsiya deyiladi. Aynan DRAM

xotiralarida regeneratsiya zarurligi tufayli ularda doimiy ma`lumot saqlash mumkin emas va kompyuter o`chirilganda u yerdagi bacha ma`lumot o`chib ketadi.


1995-yildan boshlab Pentium asosidagi kompyuterlarda operativ xotiralarning yangi - EDO (Extended Data Out) deb ataluvchi turi ishlatilmoqda. Bu FPM xotiralarning mukammalashgan turi bo`lib uni ba`zida Hyper Page Mode deb ham atashadi. EDO turidagi xotiralar Micron Technology firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va patentlashtirilgandir. FPM turidagi xotiralardan farqli ravishda,


EDO turidagi xotiralarda xotira kontrolleri adres ustunini o`chirayotganida mikrosxemadagi ma`lumotlarni chiqarish drayverlari o`chmaydi. Bu esa oldingi va keyingi sikllarni ulashni ta`minlaydi va har bir siklda taxminan 10 ns vaqtni tejashga yordam beradi. Shunday qilib EDO turidagi xotiralarda kontroller adres ustunini topgunicha ma`lumotlar joriy adresdan o`qilaveradi. Bu xuddi navbatlashni qo`llash uchun bankdan foydalangandek gapdir, biroq bunda ikkita bank talab qilinmaydi.


Yuqorida tusuntirilgan x-y-y-y sxema bo`yicha tusuntiradigan bo`lsak EDO xotiralari 5-2-2-2 sxema bo`yicha, FPM xotiralar esa 5-3-3-3 sxema bo`yicha ishlaydi, ya`ni EDO xotiralarida sikllar soni 11 ta FPM da 14 tadir. Maxsus testlar ishlatilganda ushbu texnologiya tufayli tezkorlik 22% ga ortdi, biroq real sharoitda EDO xotiralari tezkorlikni taxminan 5% ga orttiradi. Bu ko`rsatkich ancha kam

bo`lib ko`rinsa ham ularning afzalligi EDO xotiralarida FPM turidagi xotiralar bilan bir xil mikrosxemalar ishlatiladi. Ularning narxi ham bir xil.


SDRAM (Synchronous DRAM) - bu DRAM xotiralarining turi bo`lib, uning ishi shina bilan moslashtiriladi (sinxronlashtiriladi). SDRAM yuqori tezlikli sinxronizatsiya interfeysini ishlatuvchi ma`lumotlarni yuqori tezlikli paketlarda uzatadi. SDRAM asinxron DRAM uchun shart bo`lgan ko`pgina kutislarni chetlab o`tishga imkon beradi, chunki unda ishlatiladigan signallar sistemali platalarning takt generatori bilan moslashtiriladi.


DRAM xotiralarining samaradorligi FPM yoki EDO xotiralarining tezligidan ancha katta. SDRAM - dinamik xotiraning turi bo`lgani uchun uning boshlang`ich sikli FPM va EDO larniki bilan bir xil, lekin umumiy sikllar vaqti. ancha qisqa. x-y-y-y sxema bo`yicha SDRAM 5-1-1-1 sxemada ishlaydi, yani

to`rtta o`qish amali sistemali shinaning 8 siklida tugaydi.  


Bundan tashqari SDRAM 100 MGts va undan yuqori chastotalarda ishlaydi. SDRAM xotiralari DIMM modullari sifatida yetkaziladi va uning tezkorligi nanosekundlarda emas balki megagertslarda o`lchanadi.


RDRAM yoki Rambus DRAM qolgan xotira turlaridan tubdan farq qiluvchi xotira turi bo`lib, u 1999-yildan boshlab yuqori tezlikli kompyuterlada ishlatiladi. Oddiy turdagi xotiralar (FPM/EDO va SDRAM) odatda keng kanalli sistema deb ataladi. Xotira kanali kengligi protsessorning ma`lumotlar shinasi kengligiga teng.


SDRAM xotiralarining DIMM ko`rinishidagi maksimal samaradorligi 800 Mbayt/s dir. RDRAM mikrosxemalari o`tkazish qobiliyatini oshiradi - ularda ikkilangan ma`lumotlar shinasi ishlatilgan, chastota 800 MGts gacha oshirilgan, o`tkazish qobiliyati esa 1,6 Gbayt/s ni tashkil etadi. Samaradorlikni oshirish uchun ikki va to`rt kanalli RDRAM lardan foydalanish mumkin, bunda ma`lumotlari uzatish tezligi mos ravishda 3,2 yoki 6,4 Gbayt/s ni tashkil etadi

+61

👍

+28

❤

+24

😎

+25

💥

+10

👽

+6

😐

+7

👎

Maqola teglari

OS Dastur Boshqa Foydali Boshlovchilar uchun
Abdurahmon Rashidov Boshlovchilar uchun 2223
Facebook Telegram

Bu haftada ko'p o'qildi

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

54189 1329
Kesh xotira nima va uning vazifalari

Kesh xotira nima va uning vazifalari

7119 525
Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

6637 165

Mavzuga oid

Dasturchi uchun CS (Computer Science) kursi qanchalik muhim?

Dasturchi uchun CS (Computer Science) kursi qanchalik muhim?

75 13
Kwork.ru’da Ish olish bo‘yicha to‘liq qo‘llanma

Kwork.ru’da Ish olish bo‘yicha to‘liq qo‘llanma

190 15
Dasturlashning qiyinchiliklari : 8 fakt

Dasturlashning qiyinchiliklari : 8 fakt

158 19