Stivda bor alamim manim ...

Saqlab olindi !

Stivda bor alamim manim ...

Stiv Voznyak Apple kompaniyasini 35 yil oldin tark etgan.


Ko'pchilik uchun kompaniya nomi Stiv Jobs bilan bog'liq.

Bilgan odamlar kompaniya ortida ikkita ajoyib Stiv turganini tushunishadi.


Voznyakning birinchi yirik ishi Apple I bo'ldi. Undan so'ng kompaniyaning yillik daromadi 775 000 dollardan 118 million dollargacha, ya'ni 152 baravarga yaxshi o'sgan, tijorat jihatidan muvaffaqiyatli bo'lgan Apple II bo'ldi.


Voznyak daho edi, lekin uning mahsulotga bo'lgan yondashuvi odatdagidan tubdan farq qilardi. U aytganidek, u har doim qurilmalar ochiq va hamma uchun yetarli, tushunarli bo'lishini xohlardi. U o'z ishlanmalarini ixlosmandlar hamjamiyatiga baham ko'rishni xohladi, shunda bu ixlosmandlar ularni yaxshiroq, mukammalroq qilishlari mumkin edi. Bu yondashuv Jobsning dunyoqarashiga zid edi.


Dastlab, xuddi shu Apple II sakkizta portga ega bo'lishi kerak edi, Jobs ularni ikkitaga qisqartirmoqchi edi. Ammo Voznyak turib oldi. Keyin Stivlar bahslashdi: agar kompyuter sotuvda muvaffaqiyatsizlikka uchraganida, Voznyak kompaniyani tark etgan bo'lardi. Tarix shuni ko'rsatadiki, Voznyak haq edi va kompaniyadan ketdi.


Uning uchun so'nggi tomchi Apple III bo'ldi. Voznyak samolyot halokatidan keyin tiklanishi sababli ikki yil davomida mahsulot ustida ishlay olmadi. Ammo u rivojlanishga qaytganida, qurilma qutqarib bo'lmaydigan darajada edi. U Apple so'nggi besh yil davomida noto'g'ri yo'nalishda ketayotganini va kompaniyadagi ishi uning tavqi la'nati ekanligini aytib kompaniyani tark etdi.


Yillar davomida his-tuyg'ular sovidi. Voznyak va Jobs do'st bo'lib qolishdi. Va bugun Voznyak o'zi yig'gan Apple I anakartlarini (plata) xursandchilik bilan dashatlab bermoqda.


Voznyak Apple I boshida shaxsiy foydalanish uchun yig'gan edi lekin Jobs ularni tijorat maqsadida pullamoqchi 

bo'lgan , bu vaqt oralig'ida (70-yillar oxiri) 200 ta Apple I ishlab chiqilgan.


Ha aytgancha xozirgi kunga kelib Apple I kompanyaning eng qimmat qurilmalari qatorida turadi. 2014-yili Genri Ford muzeyi Apple I ni 905 ming AQSH dollariga sotib olgan , bu narx Apple I ni o'sha vaqdagi boshlang'ich narxidan 1400 barobar

qimmatroq.

+16

๐Ÿ‘

+4

โค

+1

๐Ÿ˜Ž

+10

๐Ÿ’ฅ

+10

๐Ÿ‘ฝ

+3

๐Ÿ˜

+5

๐Ÿ‘Ž

Maqola teglari

Choy ustida Boshqa Foydali
Abdurahmon Rashidov Boshqa 345
Facebook Telegram

Bu haftada ko'p o'qildi

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

54190 1329
Kesh xotira nima va uning vazifalari

Kesh xotira nima va uning vazifalari

7119 525
Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

6637 165

Mavzuga oid

IT-loyiha menejeri 2024 yilda nimalar qila olishi kerak?

IT-loyiha menejeri 2024 yilda nimalar qila olishi kerak?

177 20
2023-yilda TOP 7 ta onlayn kasblar

2023-yilda TOP 7 ta onlayn kasblar

550 35
Google: 10 ta qiziqarli fakt

Google: 10 ta qiziqarli fakt

1071 52