Python. TOP-3 ta eng yaxshi kitoblar.

Saqlab olindi !

Python. TOP-3 ta eng yaxshi kitoblar.

So'ngi vaqtlarda dasturlash kurslari ko'paygan ko'pi arzon va sifatsiz, yaxshilari qimmat. Agar siz o'zingizni kuchli irodangizga tayanib Python ni o'rganishni niyat qilgan bo'lsangiz unda siz uchun ko'p vaqt talab qilmaydigan 3 ta eng samarali kitoblarni maslahat beramiz:


1 -Python o'rganamiz. O'yin dasturlash, ma'lumotlarni vizuallashtirish, veb-ilovalar | Matiz Erik


Muallif oson o'rganiladigan materialni, tilning o'zi haqida batafsil ma'lumotni, har bir bobning oxirida mashqni va o'z loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etishni (uning yordami bilan) taklif qiladi.


Kitob asoslarni o'rganishdan boshlanadi, amaliy mashqlarni birlashtirish bilan, asoslardan so'ng, OOPni o'rganish ta'sir qiladi.


2-Python o'rganamiz. 1-jild | Lutz Mark



Men sizni ogohlantiraman: kitob juda katta hajmli va sizdan katta e'tibor talab qiladi. Ammo u orqali olish mumkin bo'lgan bilim juda muhimdir.


Nega ikkinchi o'rin? Bu ancha murakkab va tushuninishimiz uchun qiyinroq shunign uchun uni 1-kitobdan keyin o'qishni maslahat beraman.Muallif kitobda juda ko'plab mavzularga to'xtalgan buni kitobni hajmi ham aytib turadi.


3-Python qisqa satrlari: qisqa va mazmunli kod | Mayer K



Men bu kitobni bekorga oxirgi o'ringa qo'ymadim. Gap shundaki, kitob Python-dan qanday qilib chiroyli va unumli foydalanishni o'rgatadi, shuningdek, bitta qatorda yozishni. Qisqa qator kod orqali ko'proq ishlar bajarishni va yana muallif kitobda Mashinda tili , Ma'lumotlar tahlili kabi chuqur mavzularni ham keltirib o'tadi


Bugunga shular. Agar kutgan maslahatlaringizni olgan bo'lsangiz, biz mamnunmiz. Kitoblarni ham qog'oz, ham elektron shaklda sotib olish mumkin. Hammasi sizning hohishlaringizga bog'liq. "Kurslarga har oy to'lanadi, lekin kitob abadiy" (bu albatta shaxsiy fikr , dasturlashni o'rganish uchun eng yaxshi usul bu mentor ko'magi 🙂)


Oxirgi maslahatlar:


Daftarni oling - 96 varaq yoki undan ko'p - u erda siz kitobdan muhim joylarini yozasiz. Va kuniga kamida bir necha soat o'qing.

Agar siz kitobni sotib olishni istamasangiz va uni qayerdan topishni bilmasangiz, izohlarda yozing. Men sizni Jeday yo'liga yo'naltiraman. 🙂


Jeday ? , atama tushunarsizmi ? Fikrlaringizni qoldiring, yordamga tayyorman!

+40

👍

+25

❤

+11

😎

+21

💥

+1

👽

+4

😐

+5

👎

Maqola teglari

Python Dasturlash Back-End Dasturlash tili
Abdurahmon Rashidov Python 1706
Facebook Telegram

Bu haftada ko'p o'qildi

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

58030 1343
Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

Umumiy tezkor tugmalar : shortcuts

8555 182
Kesh xotira nima va uning vazifalari

Kesh xotira nima va uning vazifalari

7337 525

Mavzuga oid

🐍 Pythonni oson o‘rganish uchun nima qilish kerak?

🐍 Pythonni oson o‘rganish uchun nima qilish kerak?

107 1
🐍 Python’da Xavfsizlik: Dasturchilar Eng Ko‘p Qiladigan 10 Ta Xato

🐍 Python’da Xavfsizlik: Dasturchilar Eng Ko‘p Qiladigan 10 Ta Xato

172 8
Python Backend dasturlash uchun yo'l xaritasi - 2024

Python Backend dasturlash uchun yo'l xaritasi - 2024

232 7